Foto. Samarqandda avariya holatidagi yana bir maktab borligini bilasizmi?
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali joylardagi aholi muammolarini o‘rganishda davom etadi. Tahririyatimizga Samarqand viloyati Ishtixon tumani Mirishkor mahallasidan maktub keldi. Uni e’tiboringizga havola etamiz.
«Men shuni sizga ma’lum qilamanki, Mirishkor qishlog‘ida joylashgan 52-umumtalim maktabi binosi 1969-yilda 160 o‘quv o‘ringa mo‘ljallangan va paxsadan qurilgan bo‘lib, bufet va kutubxona yana 2 ta xona avariya holatida.
Maktabda 340 dan ziyod o‘quvchi tahsil oladi. Maktab binosida, hududida qo‘shimcha bino va xonalar (sportzal, oshxona, kutubxona, bufet, o‘qituvchilar xonasi, direktor xonasi, yetakchi xonasi, mehnat xonasi, fizika, kimyo-biologiya laboratoriya xonalari va informatika xonasi yo‘q). 2014-yildan 2017-yil dekabr oyigacha mahalla oqsoqollari yangi maktab qurib berishlarini so‘rab, juda ko‘p joylarga murojat qilishgan (Ishtixon tuman hokimligi, Samarqand viloyat hokimligi, Xalq qabulxonasigacha). Qurilish ishlari nomiga boshlangan edi, lekin maktab hududi ochiq, devor yoki panjara bilan o‘ralmagan. Hozirgi kunda zamonaviy maktab qanday bo‘lishini qurayotganlar ham, bunga mutassadi rahbarlar ham bilishmaydi chog‘i.
Shu muammoni hal qilishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz. Mahalla ahli, o‘qituvchi va o‘quvchilar amaliy yordam ko‘rsatilishini istaydi, zamon talabidagi maktab qurilishini xohlaydi. Hozirda qurilayotgan o‘quv binosi bu muammolarni yechishga yordam berolmaydi».
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu muammoni o‘rganish uchun mazkur hududga o‘z muxbirini yuboradi va voqea joyidan haqiqiy tafsilotlarni yoritadi. Bizni kuzatishda davom eting!
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Enam yaxshi-2» qishlog‘ida joylashgan xaroba maktab haqida xabar bergan edik. Ushbu maktab ahvoli haqida Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovdan ham so‘ragan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter