Foto: Saida Mirziyoyeva, Otabek Umarov va Komil Allamjonov — Vashingtonda
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zining sahifalarida Londonda O‘zbekiston Prezidentining to‘ng‘ich qizi — AOKA direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva hamda Prezidentning kichik kuyovi Otabek Umarov bilan birgalikda tushgan fotosini e’lon qildi va unga «Jamoaaaa!! Bizga qo‘shil!!!» deya izoh qoldirdi.
Qayd etib o‘tish joiz, agentlik jamoasi ayni paytda Londonda o‘tayotgan OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada ishtirok etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yuqoridagi foto Komil Allamjonovning arxividan bo‘lib, Vashingtonda suratga olingan va uning Londondagi tashrifga aloqasi yo‘q. Bu foto orqali ijtimoiy tarmoqlarda «#uzmyteamchallenge» xeshtegi bilan yangi chellenj boshlab berilgan.
Qayd etilishicha, mazkur chellenj megatashabbusning debochasi hisoblanadi. Chellenjda ishtirok etish uchun jamoani ko‘rsatib suratga tushish va #uzmyteamchallenge xeshtegi bilan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish lozim bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter