Foto. Qamchiq dovonidagi ko‘ngilsiz vaziyatlar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonidagi noqulay ob-havo sharoitida haydovchilar va fuqarolarga yordam berib kelishmoqda. Vazirlik axborot xizmati ayrim ko‘ngilsiz holatlar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, «Isuzi» rusumli avtotransport vositasi dvigatelining nosozligi tufayli A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 243 km.da to‘xtab qolgan. «Qamchiq» MQQB qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, nosoz avtotransport vositasini evakuatorga yukladilar hamda texnik yordam ko‘rsatish olib kelishdi.
Shuningdek, «Epika» rusumli avtotransport vositasi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 243 km.da beton to‘siqqa urilib, qisilib qolgan. FVV qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, avtotransport vositasini to‘siq orasidan olib chiqib, uni evakuatorga yuklashda va texnik yordam ko‘rsatish maskaniga yetkazilishida amaliy yordam ko‘rsatdilar.
«Damas» rusumli avtotransport vositasi dvigatelining nosozligi tufayli A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 247 km.da to‘xtab qolgan. Zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelib, nosoz avtotransport vositasi evakuatorga yuklanib, texnik yordam ko‘rsatish maskaniga yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 16-17-yanvar kunilari dovonda qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib, ko‘rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo‘lning muzlashi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter