«Fortune»: Durov rus Sukerbergi emas
«Telegram» asoschisi Pavel Durov «Fortune» jurnali tuzgan «40 yoshgacha bo‘lgan eng nufuzli insonlar» ro‘yxatiga kiritildi, deb yozmoqda «Russian.rt.com».
Durov 25-o‘rindan joy olgan.
«Uni rus Mark Sukerbergi deyishadi, biroq qoliplarni olib tashlash fursati yetdi — Durovning shaxsiy natijalarini tan olish kerak», — deya uning profilida ko‘rsatilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu ro‘yxatda 1-o‘rin «Instagram» yetakchisi Kevin Sistrom hamda «Facebook» asoschisi Mark Sukerberg o‘rtasida taqsimlangan.
2018-yil fevral oyida «Forbes» Pavel Durovning davlatini 1,7 mlrd. dollarga baholagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter