Forish xalqiga insonparvarlik ko‘magi jo‘natildi (foto)
Jizzax viloyatining bir nechta tumanlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli sel oqimlari yuzaga keldi va oqibatda ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha ob’yektlari, ekin maydonlari jiddiy zararlandi.
Bugun Sirdaryo viloyati aholisi nomidan yuzaga kelgan ko‘ngilsizlik holatidan jabr ko‘rgan Forish xalqiga ko‘mak berish maqsadida turli oziq-ovqat mahsulotlari, ko‘rpa-to‘shak jamlanmasidan iborat insonparvarlik yordami ortilgan yuk mashinalari karvoni yo‘lga chiqdi.
Ushbu xayirli ishga viloyatning ko‘plab faollari, deputatlar, tadbirkoru ishbilarmonlar o‘zlarining beg‘araz hissalarini qo‘shdilar.
«Xalqimiz azal-azaldan bunday og‘ir kunlarni jipslashib, ahillik va hamjihatlik bilan yengib o‘tgan. Bunga «Sardoba» suv omborida yuzaga kelgan ko‘ngilsizlik sharoitda ham guvoh bo‘lganmiz. O‘shanda bu insoniylik qadriyatlarimiz yanada keng quloch yoyib, barcha yo‘llar yurtdoshlarimizni, birinchilardan bo‘lib olijanob jizzaxliklarni ham Sirdaryo tomon eltgandi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter