Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Floridadagi maktabda otishma. 17 kishi qurbon bo‘ldi

Floridadagi maktabda otishma. 17 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: «Korrespondent»

Amerikaning Florida shtati Parklend shahridagi «Marjory Stoneman Douglas High School» maktabida otishma yuz berdi. Natijada 17 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohat oldi.

Shtat hukumatining aytishicha, otishma 1999-yilda tug‘ilgan Nikolas Kruz ismli shaxs tomonidan sodir etilgan. Nikolas Kruz avval shu maktabda o‘qigan, qoidabuzarligi uchun maktabdan chetlatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lganlarning 12 nafari maktabda, ikki nafari maktab oldida, bir nafari yo‘lda va yana 2 nafari shifoxonada halok bo‘lgan.

Maktab hafta oxiriga qadar yopilgan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp, shuningdek, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring