Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fizika yo‘nalishida Nobel mukofoti egalari nomi ma’lum bo‘ldi

Fizika yo‘nalishida Nobel mukofoti egalari nomi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Twitter»

Bugun, 8-oktyabr kuni fizika yo‘nalishida Nobel mukofoti sohiblari nomlari aniq bo‘ldi. Astrofizika va astronomiya sohalarida yutuqlarga erishgan uch nafar olim — Jeyms Piblz, Dide Kelo va Mishel Mayorga ushbu mukofot topshiriladi.

Shvetsiya fanlar akademiyasi Nobel qo‘mitasi relizida aytilishicha, Mayor va Kelo 1995-yili quyoshsimon yulduz — 51 Pegas b orbitasidagi ilk ekzoplanetani ochishgani uchun shu mukofotga loyiq topilgan. O‘shandan beri ekzosayyoralar zamonaviy astronomiyaning fundamental yo‘nalishlaridan biriga aylanib qoldi.

Piblz esa «fizik kosmologiyadagi nazariy kashfiyotlari» uchun mukofotlandi.

Mukofotlar Stokgolmda 10-dekabr kuni topshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring