Fiskal institutga kirishda yaxshi natija ko‘rsatganlarga maxsus stipendiya beriladi
2021-2022 o‘quv yilidan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutga qabul boshlandi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib institut talabasi bo‘lganlar uchun bir qator rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan.
Fiskal institutga to‘lov kontrakt asosida qabul qilingan talabalar ixtiyoriy ravishda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan bo‘lsa, ularga shartnoma (kontrakt) to‘lovi uchun 10 foiz chegirma beriladi.
Yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan barcha talabalar uchun zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan talabalar turar joyi bepul beriladi.
Institut talabalari uchun to‘lanadigan stipendiya yurtimizdagi boshqa oliy o‘quv yurtlariga nisbatan yuqori miqdorda to‘lanadi. Xususan, ta’lim shakli kunduzgi bo‘lgan barcha bakalavriat talabalari uchun beriladigan stipendiyaning eng kam miqdori 600 ming so‘m etib belgilandi.
Fiskal institut talabalari uchun yana bir muhim yangilik – kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kirish imtihonlarida eng yaxshi natija qayd etgan 50 nafar talabaga Davlat soliq qo‘mitasining maxsus stipendiyasi tayinlanadi. Ushbu imtiyozga ega bo‘lgan talabalarga oshirilgan miqdorda 1 million so‘m stipendiyalar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter