«Firibgarligi uchun»: «Volkswagen» sobiq rahbari sudga chaqirildi
«Dizel mojarosi»dan so‘ng oradan besh yil o‘tib, Braunshveyg (Germaniya) sudi «Volkswagen» avtokonserni sobiq rahbari Martin Vinterkorn va yana to‘rt nafar shaxsga nisbatan da’volarni qanoatlantirdi, endi ular sudda javob beradi.
Vinterkorn oldindan til biriktirib tijoriy firibgarlikka qo‘l urganlikda gumon qilinmoqda. Sud vakillariga ko‘ra, ayblov hukmi chiqishi ehtimoli juda yuqori. Sobiq va hozirda ishlayotgan to‘rt nafar xodimga nisbatan ham xuddi shunday ayblov qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun: «Volkswagen» rahbariyati butun dunyo bo‘ylab sotilgan millionlab mashinalarida ekologik testni aldovchi dastur o‘rnatilganiga 2015-yil sentyabrida iqror bo‘lgandi.
Germaniyaning o‘zida ushbu firibdan jabrlangan avtomobil egalarining qariyb 90 foizi kompaniyadan kompensatsiya undirib berishni so‘rashgan. Konsern Germaniyadagi 235 mingta avtomashina egasiga jami 750 million yevro miqdorida badal to‘lashga rozilik bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter