Firibgarlar «Telegram» orqali soxta kriptovalyuta sotishni boshlashdi
Noma’lum firibgarlar «Telegram» foydalanuvchilari elektron pochtasiga «Gram» kriptovalyutasi va «Telegram Open Network» (TON) blokcheyn-platformasi ishga tushirilishida qatnashishni taklif qilib xabar tarqata boshlashdi. Bu haqida «Kod Durova» kanali ma’lum qildi.
Xatda «Gram» kriptovalyutasi token (tanga)larining dastlabki sotuvlarida qatnashish taklif qilinadi. Shuningdek unda, tangalar 2018-yilning 1-fevralidan birjaga qo‘yilishi, «tanlangan ishtirokchilar» uning bir donasini 15 sentdan sotib olish imkoniga egaligi aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Telegram» o‘zining blokcheyn-platformasini ishga tushirmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter