Firdavs Abduxoliqov «O‘zbekkino»ga direktor bo‘ldi
Prezident qaroriga binoan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov «O‘zbekkino» Milliy agentligining direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturi kanalida xabar berildi.
Firdavs Abduxoliqov ayni paytga qadar bir qator hujjatli filmlarga prodyuserlik qilgan. Uning rahbarligida O‘zEOAVMA tomonidan Rossiya telekanallari bilan hamkorlikda «O‘zbekiston – qumliklar javohiri», «Qoraqalpog‘iston vaqt qumliklari oralab», «O‘zbekiston. Qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar», «Nukus. Noma’lum kolleksiya» singari hujjatli filmlar suratga olingan.
Shuningdek, Firdavs Abduxoliqov BBC, EURONEWS, CNBC va boshqa bir qator xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda ko‘plab medialoyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Yaqinda efirga uzatilgan «Katta Langar Qur’oni: sirlar va haqiqatlar» hujjatli filmi shular jumlasidan, deyiladi «Zamon» xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter