Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiya Rossiya bilan chegaradagi yana bir o‘tkazish punktini vaqtincha yopdi

Finlyandiya Rossiya bilan chegaradagi yana bir o‘tkazish punktini vaqtincha yopdi

Finlyandiya hukumati kecha Rossiya bilan chegaradagi beshinchi o‘tkazish punkti – Vartius nazorat-o‘tkazish punktini vaqtincha yopib qo‘ydi. Bu, avvalroq aytilganidek, mamlakatga kirib kelayotgan noqonuniy muhojirlar ishi bilan bog‘liq.

Finlyandiya chegara xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, shanba kuni chegarada 67 kishi boshpana so‘rab murojaat qilgan, ularning aksariyati somaliliklar. Shu bilan birga, nazorat-o‘tkazish punkti yopilganidan keyin ham 20 dan ortiq qochqinni Finlyandiyaga kiritishga to‘g‘ri kelgan.

«Biz bu odamlarni Finlyandiyaga kiritishga majbur bo‘ldik, chunki Rossiya ularni qaytarishga ruxsat bermadi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Itlalehti nashriga kщra, Rossiya-Finlyandiya chegarasidagi щtkazish punktida boshpana izlab kelganlar soni ortib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr, shanbaga o‘tar kechasi Rossiya bilan chegaradagi to‘qqizta nazorat-o‘tkazish punktidan to‘rttasi yopilgan edi. Ular mamlakat janubi-sharqidagi Vaalimaa, Nuiyamaa, Niirala va Imatra bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi eng gavjum nazorat punktlari hisoblanadi. Rasmiy Xelsinki bu qarorni Iroq, Yaman, Somali va Suriyadan Rossiya orqali mamlakatga kirib kelayotgan qochqinlar oqimining ko‘paygani sabab qabul qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring