Uch bokschimiz finalda g‘alaba qozondi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy «Stranja-2021» xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi bu yil ham musobaqani yuqori natija bilan yakunladi.
Bugun final janglarida ishtirok etgan 3 nafar bokschimiz – Bobousmon Baturov (-69 kg), Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) raqiblariga imkon qoldirishmadi va musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.
Yarim final bosqichigacha yetib kelgan Navbahor Hamidova, Shahobiddin Zoirov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev bronza medali bilan taqdirlandilar.
Shu tariqa terma jamoamiz musobaqani 3 tadan oltin va bronza medallari bilan yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter