Filippinda 6 magnitudali zilzila qayd etildi
15-fevral sanasida Filippinda 6 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Zilzila epitsentri — 179 ming kishi yashovchi Legaspi shahridan 89 km janubi-sharqda. Zilzila o‘chog‘i 40 km chuqurlikda joylashgan.
Hodisa oqibatlari haqida hozircha ma’lumot kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter