Filippin prezidenti Duterte — vitse-prezidentlikka nomzod
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 2022-yilning 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda vitse-prezidentlik uchun kurashadi. Bu haqda GMA portali Prezidentning jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi kotibi Martin Andanarga asoslanib xabar tarqatdi.
«Prezident dushanba kuni o‘z nomzodini vitse-prezidentlikka taqdim etish uchun qaytadi», — dedi Andanar saylov komissiyasi binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda.
Saylov komissiyasi nomzodlarni 15-noyabrgacha almashtirishga ruxat bergan.
Ilgariroq vitse-prezidentlikka Rodrigo Dutertening qizi — Sara Duterte-Karpio nomzod sifatida ko‘rsatilgandi.
Oktyabr oyida Duterte katta siyosatdan ketishini, mamlakat vitse-prezidenti lavozimi uchun kurashmasligini aytgandi. Konstitutsiyaga muvofiq, Rodrigo Duterte mamlakat prezidentligi uchun navbatdagi saylovda o‘z nomzodini ilgari sura olmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter