Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA va UYeFA sobiq rahbarlarining sudi boshlandi

FIFA va UYeFA sobiq rahbarlarining sudi boshlandi

Shveysariyada FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter va UYeFA sobiq rahbari Mishel Platini ustidan sud jarayoni boshlangan.

Sud jarayoni 22 iyungacha davom etishi mumkin. Hukm esa 8 iyulda e’lon qilinadi. Agar ularning aybi isbotlansa, sobiq futbol amaldorlari 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

2021 yil noyabrda Shveysariya federal prokuraturasi Blatter va Platinini noqonuniy pul oldi-berdisida ayblagan. Uning aytishicha, FIFA Platiniga 2 mln. Shveysariya franki (2,2 mln. dollar) miqdorida mablag‘ ajratgan. Shuningdek, ular firibgarlik, ishonch va mansabni suiiste’mol qilishda ham ayblanishyapti.

1998-2002 yillarda Platini FIFAda Blatter maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Har yili 300 ming frank miqdorida mukofot olib turgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring