Fermer xo‘jaliklarida yangi lavozim joriy etiladi
Hukumat qarori bilan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, ish beruvchi tashkilotda mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarini tashkil qilishi shart.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek fermer xo‘jaliklarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi yoki xizmatning funksiyalarini bajarish maxsus tayyorgarlikka ega xodimga topshiriladi.
Xizmat xodimlari ish beruvchidan bunday turdagi ishni bajarishga ruxsati bo‘lmagan, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma berilmagan, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmaydigan shaxslarni ishdan chetlatishni talab qilish huquqiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter