Fergyuson UFCda ketma-ket ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi
Amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson 13-dekabr kuni braziliyalik Charlz Oliveyraga mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda UFC Twitter akkauntida xabar berilgan.
Hakamlar bir ovozdan Oliveyra g‘olib bo‘lganligini tan olishdi. Fergyuson uchun bu promoushen doirasida ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyat.
Ushbu jangdan so‘ng Oliveyra yanvar oyida Konor Makgregor va Dastin Pore jang qilishini, braziliyalik esa ushbu jang g‘olibiga qarshi ringga ko‘tarilishini aytdi, deb yozadi Gazeta.ru.
Avvalgi jangida Fergyuson 9-may kuni amerikalik Jastin Getjiga yutqazib qo‘ydi va rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan uchrashish imkoniyatini boy berdi.
Nurmagomedov, o‘z navbatida, o‘sha paytda Fergyusonning ko‘nglini ko‘tarib qo‘ygandi.
«Nima bo‘lishidan qat’i nazar, hammasi o‘tmishda qoldi. O‘g‘lingiz ulg‘ayganida siz bilan faxrlanadi», — deb yozgan Nurmagomedov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter