Favqulodda vaziyatlar vazirligi: Chimyonda qor ko‘chish xavfi bor
Favqulodda vaziyotlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekistonning tog‘li hududi Chimyonda qor ko‘chish xavfi bor.
FVV axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 12-yanvar kuni soat 08.00 dan 13-yanvar soat 08.00 ga qadar Chimyon vohasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Vazirlik barchaga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter