Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini kuchli sovuqdan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini kuchli sovuqdan ogohlantirdi

Foto: «Snowsbest.com»

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda Qozog‘istonning aksariyat hududida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlarda kuchli sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan 2018-yil 21-yanvar kuni gismeteo.kz saytining ma’lumotiga asosan bo‘ron ogohlantiruvi e’lon qilingan.

«Qozog‘istonning shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlariga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga vaqtinchalik yo‘lovchi avtobus va shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanmasliklarini iltimos qilamiz», — deyiladi FVV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda kuchli sovuq sababli dizel yonilg‘isi muzlab qolgan avtobusdan 40 nafardan ziyod o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingani haqida xabar qilgandik.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring