Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini tark etdi
Polkovnik Komiljon Aripov Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, 5 yillik faoliyatidan so‘ng bo‘shatildi, deb xabar berdi «UzNews.uz».
Nashr manbasining xabariga ko‘ra, 48 yoshli Aripov Komiljon Mirsaidovich 2013-yilning yanvaridan boshlab, ushbu lavozimni egallab kelayotgan edi. Uning hozirda qaysidir lavozimga o‘tkazilgani yoki tayinlangani no‘malum.
Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimi 2018-yilning fevral oyi o‘rtalaridan buyon bo‘sh qolmoqda.
Hozir vazirlik rasmiy saytining «rahbariyat» bo‘limida ham vazir, ham vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi vakant holatida turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter