Favqulodda vaziyatlar vaziri tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi.
Tursinxon Xudoyberganov 2010-2016-yillarda ham aynan shu lavozimda faoliyat yuritgan edi. 2017-yil yanvar oyida Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga general-mayor Qo‘ldoshev Abdulla Hamidullayevich tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter