Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Elmuratov Oybek Umurzakovich Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.
O.Elmuratov 1999 yilda Toshkent moliya institutini tamomlab, mehnat faoliyatini «O‘zmilliybank» Loyihani moliyalashtirish markazi mutaxassisi sifatida boshlagan.
Keyinchalik Moliya vazirligida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, ushbu vazirlikning Yo‘l jamg‘armasi boshlig‘i o‘rinbosari, BMTning O‘zbekistondagi loyiha menejeri, «O‘zkimyosanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi departamenti boshlig‘i, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqarma boshlig‘i kabi qator mas’ul vazifalarda mehnat qilgan.
O. Elmuratov tayinlovga qadar Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter