Farg‘onalik shaxs o‘z xonadonida soxta dollar yasadi
Farg‘onalik shaxs 100 kupyuradagi AQSh dollari, 10 ming va 50 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullarni «ishlab chiqardi».
Bu ishni u «Lenovo» noutbuki hamda «Epson» rusumli rangli printerda amalga oshirilgan.
Ammo bu texnologiyalar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, pul ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan, oddiy sharoitda qilish imkonsiz bo‘lgan kupyuralarda aks etuvchi ayrim nozik jihatlarni eplay olmasligi aniq.
Shuning uchun ham qalbi pullarga razm solgan odam buni darrov payqaydi. Shu tariqa shubha ostiga olingan fuqaro M.D.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroning xonadonida kompyuter va printer hamda unda tayyorlangan 137 dona turli kupyuralar borligi ma’lum bo‘ldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, daliliy ashyo bilan ushlangan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter