Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyatidagi shaharga yangi hokim tayinlandi

Farg‘ona viloyatidagi shaharga yangi hokim tayinlandi

Shukurulloxon Nisbatxonov Marg‘ilon shahar hokimi etib tayinlandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida lavozimidan ozod etilgan Adham Ziyavitdinov o‘rniga yangi shahar hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Nisbatxonov Shukurulloxon Xolmatxonovich nomzodi Marg‘ilon shahar deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi va hozirga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Shukurulloxon Nisbatxonov shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Avvalroq Rishton tumaniga hokim tayinlangandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring