Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi maktablardan birida kuchli portlash sodir bo‘lgani aytildi

Farg‘onadagi maktablardan birida kuchli portlash sodir bo‘lgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi maktablardan birida kuchli portlash sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumot tarqaldi. 

6-dekabr kuni soat 11:30 da Farg‘ona shahridagi 41-maktab va 63- bog‘chaning umumiy isitish qozonxonasida yorilish sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga Farg‘ona shahar FV bo‘limi, «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti, «Hududiy elektr tarmoqlari» hamda sohaviy xizmatlar xodimlari chiqib, vaziyat o‘rganilgan, deya ta’kidlanadi xabarda.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, isitish qozonxonasida texnologik jarayonning buzilishi sabab ichki bosim ortib ketgan va yorilish sodir bo‘lgan. Oqibatda qozonxona binosi yengil shikastlangan, voqea natijasida yong‘in qayd etilmagan.

Vaziyat natijasida tan jarohati olganlar yoki vafot etganlar yo‘q.

Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan voqea sabablari va zarar miqdori o‘rganilmoqda.

«Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki sohaviy xizmatlardan birining vakillari tomonidan ushbu voqea haqida guvohlardan oshkor qilmaslik to‘g‘risida tilxat olingani haqida ma’lumot tarqalgan. Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan bunday harakatlar amalga oshirilmaganini rasman ma’lum qilamiz», deyiladi FVV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring