Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ikki guruh suv tufayli bir-birini toshbo‘ron qildi

Farg‘onada ikki guruh suv tufayli bir-birini toshbo‘ron qildi

Foto:«Tergov.uz»

9-may kuni Farg‘ona viloyatida 25 yoshli R.Shuhratjon va 24 yoshli S.Abduqahhorlar O‘zbekiston tumani hududidagi bog‘ maydonida tanishlari 22 yoshli Yu.Mirolim va 36 yoshli Q.Bilollar bilan suv tufayli janjallashganlar.

So‘ng ularni yerda yotgan tosh bo‘laklari bilan toshbo‘ron qilib, turli jarohatlar yetkazganlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, janjal vaqtida R.Shuhratjon Yu.Mirolimni yuziga bir marotaba urganligi sababli, Yu.Mirolim va Q.Bilollar janjal joyiga telefon orqali qarindoshlarini chaqirayotganliklarini R.Shuhratjon va S.Abduqahhorlar eshitib qolib, so‘ng ularni toshbo‘ron qilganliklari aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Yu.Mirolim va Q.Bilollar «hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir turdagi jarohatlar»  olgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a»  bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring