Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik mushaklar to‘xtatib qolindi

Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik mushaklar to‘xtatib qolindi

Tezkor tadbir videosidan skrinshot

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi

O‘zbekiston hududiga 500 dan ziyod pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi.

Qayd etilishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida viloyat DXX xodimlari bilan o‘tkazilgan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Tadbir davomida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona nazoratini chetlab olib kirilayotgan dastlabki qiymati 76 mln. so‘mga yaqin bo‘lgan jami 500 donadan ziyod “7SHOT” nomli pirotexnika vositalari fosh etilgan.

500 dona mushak ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi. Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilayotgani bildirilgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring