Farg‘onada oilali ayolni zo‘rlagan to‘rt erkak qamoqqa olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Beshariq tumanida oilali, ikki nafar farzandli ayolni to‘rt nafar erkak zo‘rlangani haqida video tarqaldi. Holatga Farg‘ona viloyati IIB munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 21.03.2023 kuni fuqaro A.Y. tanishlari I.Yu, J.S. va B.S.lar bilan fuqaro D.U (videotasvirdagi ayol)ni majburlab, Beshariq tumanidagi tashlandiq shiyponga olib borishib, zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlab, B.S. bilan jinsiy aloqada bo‘lgan holatini videotasvirga olishib, ushbu videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, D.U.ning erkiga qarshi nomusiga tegib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 31.03.2023 kunidagi xulosasida D.U.ning o‘ng bilagida qontalashi bo‘lib, mazkur tan jarohati og‘irlik darajasiga ko‘ra 6 kundan ko‘p davom etmaydigan yengil shikastlar toifasiga kirishi, tanasining boshqa joylarida jarohatlar aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
2023 yil 29 iyul kuni tergov harakatlari yakunlanib, tegishliligi bo‘yicha sudlov organiga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter