Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «Malibu 2» xatlandi

Farg‘onada «Malibu 2» xatlandi

Bank kreditlari aksar hollarda garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqa chiqariladi.

Farg‘ona tumanlararo Iqtisodiy sudining AT «Trastbank» foydasiga qarzdor D.K.dan 339 mln. so‘m kredit qarzdorlik undiruvi yuzasidan garov mulki hisoblangan «MALIBU 2» avtomashinasini xatlash to‘g‘risidagi ajrimi Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limiga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur ijro ishi doirasida 2024 yil 25 mart kuni garovda bo‘lgan «MALIBU 2» rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring