Farg‘onada kadastr agentligi xodimi va sherigi qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda Kadastr agentligining Farg‘ona tumani filiali mutaxassisi S.O. filialning sobiq xodimi muqaddam JKning 228-moddasi bilan sudlangan G.R. bilan oldindan til biriktirgan. Ikkovlon «A.O.» fermer xo‘jaligining 1,5 gektar ochiq yer maydonining 18 sotixida go‘yoki 2 ta 9 sotixli uy-joy mavjudligi haqida soxta kadastr hujjatlarini tayyorlashib, ushbu 18 sotix yer maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yo‘li bilan 7 500 AQSh dollariga sotganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida S.O va G.R. tomonidan 200 AQSh dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter