Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada deputat qarovsiz qolgan maktab bo‘yicha so‘rov yubordi

Farg‘onada deputat qarovsiz qolgan maktab bo‘yicha so‘rov yubordi

Foto: «O‘zLiDeP»

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi qarovsiz qolgani aniqlandi. Bu haqda «O‘zLiDeP» saytida maqola e’lon qilindi.

«Bino oltmish yil avval qurilgan. Oxirgi o‘ttiz yilda bu maktab borligi, unda bolalar ta’lim-tarbiya olayotgani biror bir mutasaddining xayoliga kelmagan, chog‘i. Zero, o‘quv binolari mutlaqo talabga javob bermasligi, o‘quv jihozlari butkul yaroqsiz holatga kelganini boshqacha ta’riflash mushkul. Texnika asrida yashayapmiz-u, o‘quvchilarning bir necha avlodi kompyuter nimaligini bilmasdan maktabni tugatganiga ishonmassiz, balki. Ammo bu — fakt! Kimyo, fizika kabi aniq fanlar uchun maxsus jihozlangan laboratoriyalarni kinolardagina ko‘rishgan», — deyiladi maqolada.

Ushbu masala bo‘yicha xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashidagi «O‘zLiDeP» guruhi a’zosi Matluba Mahmetova deputatlik so‘rovi yuborgan. 

So‘rov natijalari haqidagi ma’lumot partiya rasmiy saytida hozircha keltirilmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring