Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada bitiruvchilar maktab uchun yangi bino qurib berishdi (foto)

Farg‘onada bitiruvchilar maktab uchun yangi bino qurib berishdi (foto)

Navro‘z bayrami arafasida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 39-maktabning maktab bitiruvchilari o‘zlari ta’lim olgan maskanga 220 o‘rinli o‘quv binosi qurib berishdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, maktab binosi 1974 yilda 220 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan bo‘lib, muassasada 438 nafar o‘quvchi ta’mirtalab sinf xonalarida ikki navbatda ta’lim olayotgan bo‘lgan.

«Maktabning yangi o‘quv binosi maktab bitiruvchilarining tashabbusi va hamjihatligi asosida bunyod etildi. Ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishga 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Yangidan barpo etilgan ta’lim maskani o‘quvchilar va ularning ustozlari uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi», deyiladi xabarda.

Maktab bitiruvchilari o‘zlari ta’lim olgan dargoh uchun 220 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurib, 220 o‘rinli eski binoni ham ta’mirlab berishgan.

Yangi o‘quv binosi 6 ta sinf xonasi, kompyuter sinfi, zamonaviy mebel va o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring