Farg‘ona viloyatida yashovchi shaxsning uyidan 1 kg.dan ortiq «marixuana» giyohvandlik moddasi chiqdi
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 11 sentyabr kuni tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2019» tadbiri davomida Teleming qishlog‘ida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan V.N.ning yashash xonadonidan taqiqlangan modda topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.
Xonadon ko‘zdan kechirilganda 1 kg 151 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter