Farg‘ona viloyatida IT-akademiya tashkil qilinadi

Vazirlar Mahkamasining «Farg‘ona viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Farg‘ona viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
- IT-akademiya;
- IT-parkning Farg‘ona filiali;
- IT-park universiteti Farg‘ona filiali;
- masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
- startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi inkubatsiya va akseleratsiya markazi;
- kibersport markazi;
- IT-park rezidentlari uchun ofislar va boshqa ob’yektlar tashkil etilishi mo‘ljallanmoqda.
Qaror loyihasi bilan Farg‘ona viloyatida:
- Xalqaro ta’lim standartlari asosida kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
- axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatish;
- dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini rivojlantirish;
- masofaviy IT-xizmatlar eksporti hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- hududda yoshlarning zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga va ularni kafolatlangan buyurtmalar bilan ta’minlashga ko‘maklashish;
- yoshlarni zamonaviy va yuqori daromadli kasblarga o‘qitish ishlarini tashkil etish;
- axborot texnologiyalari sohasidagi professional kadrlar zaxirasini, shu jumladan boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish;
- kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va IT-kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- axborot texnologiyalari sohasida investitsiyalar samaradorligini oshirish;
- IT-parkning rezidentlari sonini oshirish;
- mahalliy hamda xorijiy IT kompaniyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarni ishlab chiqish hamda yoshlarda bunday ko‘nikmalarni shakllantirish;
- innovatsion g‘oyalar, startaplar va venchur loyihalarini moliyalashtirish tizimini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
- xorijiy investitsiyalarni mahalliy IT-mahsulotlarini ishlab chiqish va rag‘batlantirishga jalb qilish;
- axborot texnologiyalari sohasida autsorsing xizmatlari bozorini rivojlantirish;
- kibersport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish kabi bir qator ishlar amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter