«Farg‘ona» poligonida hech yerda qo‘llanilmagan ilg‘or texnikalar namoyish etildi (foto)

«Farg‘ona» poligonida Sharqiy harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalari o‘rtasida ixtirochilik, ratsionalizatorlik va innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ko‘rgazma davomida harbiy xizmatchilar tomonidan kashf etilgan harbiy texnikalar va qurol-aslahalarning taktik-texnik xususiyatlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan qurilmalar, ixtirolar namoyish etildi, foydalanishda qulaylik yaratuvchi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazishda yangi innovatsion texnologiyalar va uskunlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

90 dan ortiq ratsionalizatorlik g‘oyalari namoyish etilgan ko‘rgazma davomida ishtirokchilar hali hech yerda qo‘llanilmagan ilg‘or texnikalar bilan tanishdi. U.Mathalilov tomonidan yaratilgan va poligon uchun xizmat qiladigan og‘ir sharoitlarda nishonlarni ko‘tarib tushurish elektron moslamasi ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ldi.

Shuningdek, I.Hamidullayevning maketda o‘q otish mashqini yangicha usulda simulyasiya qilish moslamasi, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar K.Amirovning BTR-70 texnikasida tashqi kuchlar tomonidan ehtimoliy yong‘in sodir etilganida, texnika ichidan tashqariga chiqmay turib yong‘inni o‘chirish moslamasi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Mayor S.Ochilov taqdim etgan dala sharoitida axloqiy-ruhiy ta’minotni shakllantirishga xizmat qiladigan avtonom avtojamlanmaning loyihasi ham yig‘ilganlarga ma’qul bo‘ldi.
5 ta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar keyingi bosqichga yo‘l oldi, ularning g‘oyalarini amaliyotda qo‘shinlardaqo‘llash bo‘yicha takliflar kiritiladi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter