FarDU prorektoriga nisbatan ayb e’lon qilindi
Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Farg‘ona davlat universitetida kirish imtihonlari natijalari soxtalashtirilganligi holati yuzasidan JKning 228-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, FarDU prorektori A.A. 2019-2020 o‘quv yili uchun «Jismoniy madaniyat» imtihon komissiyasining mas’ul kotibi etib tayinlanib, 2019 yil iyul oyida o‘tkazilgan «Jismoniy madaniyat» fakultetiga kirish imtihonlari jarayonida komissiyaning boshqa a’zolari bilan jami 18 nafar abituriyentning imtihon natijalarini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatib, soxtalashtirishlari natijasida ushbu abituriyentlar oliy ta’lim muassasiga o‘qishga qabul qilingan.
2020 yil 4 martda shahar prokuraturasi tomonidan universitet prorektoriga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter