Falastinni qo‘llab-quvvatlagan futbolchi jazoga tortildi
Fransiyaning «Nitssa» futbol klubi va Jazoir milliy terma jamoasi himoyachisi Yusuf Atal Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi video chop etgani uchun jazolandi.
Bu haqda «Nitssa» saytida xabar berildi.
Futbolchi bir muddat klub bilan mashg‘ulotlardan chetlashtirildi. «Nitssa» Atalning uzr so‘rashini inobatga olganliklarini, biroq mamlakat sport va adliya organlari buni amalga oshirishdan oldin unga nisbatan intizomiy choralar ko‘rishga qaror qilganliklarini ta’kidladi.
15-oktyabr kuni Atal videoni joylashtirgani uchun uzr so‘radi va uni o‘chirib tashladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar taqiqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter