Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Falastinlik qochqinlar soni 7 millionga yetdi

Falastinlik qochqinlar soni 7 millionga yetdi

Foto: RBK

Prezident Mahmud Abbos ta’kidlashicha, mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi falastinlik qochqinlar soni 7 million kishiga yetdi. Bu haqda WAFA agentligi xabar berdi.

«Hammayoqda, ayniqsa, G‘azo, G‘arbiy sohil (Sharqiy Quddus bilan birga), Iordaniya, Livan va Suriyadagi qochqinlar lagerlarida millionlab falastinlik qochqinlarning azob-uqubatlari davom etmoqda», — dedi Falastin prezidenti.

Abbos Isroilni «genotsid»da ayblab, maqsad «bizning xalqimizni G‘azo sektoridan siqib chiqarishdir», dedi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Falastinni «ozodlik zonasi»ga aylantirmoqchi ekanini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring