Falastin prezidenti Bayden bilan gaplashishdan bosh tortdi
Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroilga tashrif bilan borgan AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qilishdan bosh tortdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, AQSh prezidenti ma’muriyati vakillari 18 oktabr kuni ikki yetakchi o‘rtasida telefon suhbatini tashkil etishga uringan, biroq Falastin rahbari bu so‘rovni rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, Jo Baydenning Isroilga tashrifi G‘azo sektoridagi «Al-Ahliy» baptistlar shifoxonasiga raketa zarbasi berilgan kunga to‘g‘ri kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter