Falastin elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi
9fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Falastinning Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Abdulla Tarshaxanini mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.
Uchrashuvda Elchining faoliyati davomida O‘zbekiston-Falastin munosabatlari izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi, deyiladi xabarda.
Tomonlarning o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.
M.Tarshaxani mamlakatimizda diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekistonga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter