«Facebook» o‘z foydalanuvchilarining yozishmalarini skaner qilishidan xabardormisiz?
«Facebook Messenger» vakili ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shaxsiy yozishmalarini skaner qilishini aytdi. Bundan maqsad «haqoratli kontent»ga oid holatlarning oldini olish, deb xabar berdi «NV.ua».
«Facebook» avtomatlashtirilgan ushbu tizimni platformada haqoratli holatlarni tezda bartaraf etish uchun ishlab chiqqan», — deydi kompaniya vakili.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar bir-biri bilan almashgan matnlar va havolalarni ham skanerdan o‘tkazadi.
«Masalan, messenjer orqali surat yuborsangiz, bizning avtomatik tizimimiz uni skaner qilib, u hech kimga xavf tug‘dirmayotganligini, bolalar ekspluatatsiyasi yo‘qligini tekshiradi», — deydi vakil.
Eslatib o‘tamiz, «Facebook»ning «Cambridge Analytica bilan yuzaga kelgan mashmashasidan keyin Mark Sukerberg 11-aprel kuni AQSh Kongressi vakillik palatasida ko‘rsatma beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter