YXHT raisi O‘zbekistonga keldi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Tashrif dasturida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Uchrashuvlarda YeXHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston-Shvetsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq Ann Kristin Linde davlatimiz rahbari tomonidan ham qabul qilinishi aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter