Yevropaning yirik hududiy aviakompaniyasi bankrot deb e’lon qilindi
Yevropaning yirik hududiy avakompaniyalaridan sanalgan Flybe parvozlarni to‘xtatgani haqida Twitter orqali rasman xabar berdi. Bayonotga ko‘ra, kompaniya chiptalar sotishni va parvozlarni to‘xtatgan.
Flybe — Buyuk Britaniya kompaniyasi, 321 xodimidan 277 nafarini bo‘shatdi. Kompaniya faoliyatini to‘xtatishidan 75 ming nafar yo‘lovchi jabr ko‘rdi. Britaniya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Flybe samolyotlariga chipta sotib olganlarni aeroportga bormaslik haqida ogohlantirdi.
Flybe birinchi marta Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida koronavirusga qarshi karantin joriy etilgan 2020-yil martida parvozlarni to‘xtatgan edi. Amerikaning Cyrus Capital hedj-fondi bilan bog‘liq Thyme Opco kompaniyasi sotib olishi aviakompaniyani qutqargandi. O‘shandan so‘ng hozirgi bankrotlikka qadar kompaniya Flybe Limited nomi ostida parvozlarni amalga oshirib kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter