Yevropaning qaysi mamlakatida uy-joy sotib olish oson?
«Deloitte» xalqaro konsalting kompaniyasi tadqiqotida aniqlanishicha, Portugaliya — shaxsiy uy-joy sotib olish uchun Yevropadagi eng yaxshi mamlakat.
Portugallar o‘z uy-joyiga ega bo‘lish uchun o‘rtacha 3,8 yil pul yig‘ishadi. Bu Yevropa ittifoqi mamlakatlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
Belgiya va Daniya ikkinchi o‘rinda, 5 yil pul yig‘ilsa bitta ko‘chmas mulkka yetadi. Keyin — Avstriya, Italiya va Vengriya. Bu mamlakatlar fuqarolari o‘z uy-joylariga ega bo‘lish uchun 5,7 yildan 7,1 yilgacha ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi.
Pul yig‘ib yurganlar Polshada 7,5, Xorvatiyada 7,9 yil deganda shaxsiy uy olsa bo‘larkan.
Eng qiyini chexlarga — naq 11 yil kutisharkan. Latviyaliklar va britaniyaliklarga ham osonmas — 10,1 va 7,9 yildan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter