Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Evropaning koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari o‘sishi mumkin

Evropaning koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari o‘sishi mumkin

Xalqaro ekspertlar fikricha, «omikron» shtammining BQ.1 va BQ1.1 subvariantlari kelgusi oy o‘rtalaridan dekabr oyi boshiga qadar Yevropaning kamida beshta davlatida dominantga aylanadi. Shu sababli keyingi haftadan COVID-19ga chalinish holatlari ushbu mintaqada o‘sishi mumkin.

Yevropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi xulosasiga ko‘ra, dastlabki laboratoriya tadqiqotlari BQ.1 immunitetga oson «chap berish» xususiyatiga ega ekanligini tasdiqladi.

Biroq mazkur mutatsiya boshqa mintaqalarda ham keng tarqalishi haqida hozircha yetarli asoslar mavjud emas. Chunki ayni paytda jahonda «omikron»ning BA.4 va BA.5 versiyalari yetakchilik qilyapti.

Shunga qaramay, koronavirusga qarshi ehtiyotkorlik shart. Ayniqsa, 60 yoshdan oshgan, yondosh kasalliklarga chalingan  va immuniteti zaif kishilar, qolaversa, homilador ayollar birinchi navbatda emlanishlari zarur.

Tahlillarga ko‘ra, BQ.1 va BQ1.1 hozir Fransiya (19 foiz), Belgiya (9 foiz), Irlandiya (7 foiz), Niderlandiya (6 foiz) va Italiyada (5 foiz) keng tarqala boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring