Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘zbekistonlik tadbirkorlarga grant ajratishi mumkinmi?
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) hamkorligida innovatsiya markazi rezidentlari uchun «AKT sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va O‘zbekiston AT-kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar» mavzusida amaliy seminar o‘tkaziladi.
Tadbirda YTTB vakillari ishtirok etib, ular amaldagi investitsion mahsulotlar, xususiy kompaniyalarga sarmoya kiritish imkoniyatlari va bozorda o‘z salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishi uchun kichik va o‘rta biznesni texnik qo‘llab-quvvatlash vositalari haqida so‘zlab berishadi. Grant yordami, shuningdek, YTTBdan maslahat va ekspert yordami masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
AT-kompaniyalar vakillari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 30dan ortiq mamlakatlarda amalga oshirayotgan «Kichik biznes uchun konsultatsiya» dasturi bilan tanishtiriladi. O‘zbekistonda u 2017-yilning noyabr oyida o‘z faoliyatini davom ettira boshlagandi.
Seminarning maxsus mehmoni YTTBning AKT sohasidagi eksperti Fillip Chang. U kompaniyalar uchun individual murabbiylik mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
- Tadbir 20-iyun, chorshanba kuni Inha universiteti binosida (B korpus) bo‘lib o‘tadi.
- O‘tkazilish vaqti: 10:00dan 12:30gacha (ishtirokchilarni ro‘yxatga olish: 9:00dan 10:00gacha).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter