Yevropa ligasining ikki o‘yini qoldirildi
Yevropa ligasi 1/8 finali o‘yinlarining «Sevilya» — «Roma» hamda «Inter» — «Xetafe» o‘yinlari belgilangan sanasida o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda UEFA sayti xabar berdi.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, «Roma»ning samolyotini Ispaniya hukumati mamlakatga kiritishga ruxsat bermagan, Milanga uchib borishni esa «Xetafe» rahbariyati istamagan — Yevropadagi «koronavirus markazi»dan hamma o‘zini olib qochmoqda.
Har ikki o‘yin 12-martga belgilangandi. Ular qachon o‘tkazilishi keyinroq ma’lum qilinadi.
Yangi turdagi koronavirus sababli Italiya va Ispaniyada mart oyida sport musobaqalari bekor qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter