Yevropa ligasi. Ispaniya inglizcha finalga mezbonlik qiladi

Yevropa ligasi yarim finalining 9-mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan javob o‘yinlarida ham Angliya klublarining qo‘li baland keldi.
«Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Atletik»ni, «Tottenhem» safarda «Budyo-Glimt»ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Yevropa ligasi. Yarim final
Manchester Yunated — Atletik — 4:1
Gollar: Maunt (72, 90+1), Kazemiro (79), Hoylund (85) — Xauregisar (31).
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «MYu» «Atletik»ni 7:1 hisobida yengib, finalga yo‘l oldi.
Budyo-Glimt — Tottenhem — 0:2
Gollar: Solanke (63), Porro (69).
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «Tottenhem» «Budyo-Glimt»ni 5:1 hisobida yengib, finalga chiqdi.
Yevropa ligasi g‘olibi 21-may kuni aniqlanadi — «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» Ispaniyadagi «San-Mames» stadioni («Atletik» maydoni)da to‘qnashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter