Yevropa ligasi finalida «Atletiko» va «Marsel» o‘ynaydi (video)
![Yevropa ligasi finalida «Atletiko» va «Marsel» o‘ynaydi (video)](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_3219148863.jpg)
Kecha Yevropa ligasi yarim finalining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Madridda «Atletiko» Londonning «Arsenal»ini qabul qildi va kichik hisobdagi g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 45-daqiqada Diyego Kosto nomiga yozildi.
Shuningdek, Avstriyaga safar qilgan «Marsel» mag‘lubiyatga uchragan bo‘lishiga qaramay, birinchi o‘yindagi natija hisobiga finalda o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. O‘yin taqdiri qo‘shimcha taymlarda hal bo‘ldi — 116-daqiqada kiritilgan Rolanduning goli fransuzlarni finalga olib chiqdi.
Shu tariqa Yevropa ligasi finalida ingliz va fransuz klublari qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
Atletiko Ispaniya – Arsenal Angliya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol:1:0 – 45 Diyego Kosta.
Birinchi uchrashuv – 1:1.
Red Bull Avstriya – Marsel Fransiya 2:1 (0:0, 2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 53 Edara, 2:0 – 65, avtogol Sarr, 2:1 – 116 Rolandu.
Birinchi uchrashuv: 0:2
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter